https://namspi.uz/uploads/54e95a5f77324fcf4fe24872ee9c02ff.jpg
Bugun, 25-noyabr, Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida "Biz zo‘ravonlikka qarshi kurashamiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Umarova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda Namangan viloyati IIB JXX XPB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Kayumova Nigora Ismoilovna ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
▫️ Talaba-qizlarga zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi;
▫️ Zo‘ravonlikning oldini olish yuzasidan anonim so‘rovnoma o‘tkazildi;
▫️ Yoshlar uchun huquqiy masalalar bo‘yicha foydali tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-qizlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, zo‘ravonlikka qarshi kurashning ahamiyatini targ‘ib qilish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish.
Ushbu muhim mavzuda suhbatga faol ishtirok etgan barcha talaba-qizlarga minnatdorchilik bildiramiz.