🎓 Magistrantlarning ilmiy faoliyat bo‘yicha hisobot taqdimoti o‘tkazildi





  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida 2-kurs magistratura talabalari ilmiy faoliyatlari doirasida dissertatsiyalarini shakllantirish bo‘yicha navbatdagi hisobot taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu tadbirda magistrantlar o‘z dissertatsiya mavzulari va ilmiy ishlari yuzasidan erishgan natijalarini namoyish etdilar.

📎 Tadbirda ishtirok etishdi:
▫️ Institut rektori Q.M.Xoliqov;
▫️ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.S.Ergashev;
▫️ Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanova.

✅Tadbirda To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (trikotaj) yo‘nalishining 29M-23-guruh magistrantlari o‘z dissertatsiyalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va istiqbolli takliflar haqida hisobot taqdim etdilar. Hisobot davomida ularning ilmiy ishlari chuqur tahlil qilinib, dolzarb masalalar bo‘yicha takliflar berildi.

 


# # # # # # #

☑️ Muhokama davomida ta’kidlandi:
- Ilmiy faoliyatda dolzarb mavzularni tanlash va ularning amaliy ahamiyatini oshirish;
- Dissertatsiyalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
- Magistrantlarning ilmiy izlanishlari orqali to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shish zarurligi.

☑️Tadbir yakunida magistrantlarning ilmiy faoliyatini yanada samarali tashkil etish va ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.