Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutida Talabalar kuni nishonlandi!





  17-noyabr kuni institutimizda Talabalar kuni munosabati bilan katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori, professor Qurbanali Xoliqov ochib berib, talabalarni o‘z bilimlarini oshirish va maʼnaviyatini boyitishga, shuningdek, jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq o‘ylashga undadi.

  Bu kun nafaqat bayram, balki yangi imkoniyatlar va ilhom manbai bo‘ldi!

  Tadbir yakunida institutning birinchi prorektori Jamshidbek Yuldashev barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, ularning mehnatini yuksak baholadi.


# # # # # # # #

📌 U shunday tadbirlarning talabalar ijtimoiy faolligini oshirish va ularni maʼnaviy jihatdan yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Kelajakda bunday tadbirlar ko‘proq tashkil etilishi rejalashtirilgan.

💡 Talabalar kuni – bu faqat bayram emas, balki talabalarning ijodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun katta qadam!