Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining “Karyera Markazi” loyihasi doirasidagi uchrashuvlar





🔰 Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Yengil sanoat muhandisligi konstruksiyasi va texnologiyasi yo‘nalishi boʻyicha 4-kurs talabalari uchun “Karyera Markazi” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Ideal tekstil orzu” MCHJ mutaxassislari va institut vakillari ishtirok etdi.

▫️ Namangan to‘qimachilik sanoati institutining o‘quv ishlari bo‘yich prorektori E.Jamoliddin hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlim boshligʻi B.Norinboyev va “Ideal tekstil orzu” MCHJ bosh texnologi I.Mirzayevlar korxonaning faoliyati va ish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

 


# # # # # # # # # #

▫️Shuningdek, talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, korxonadagi xodimlar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar. Uchrashuv davomida karyera imkoniyatlari va ish sharoitlari haqida ham keng tushunchalar berildi.

▫️“Kar`yera Markazi” loyihasi bitiruvchilarga muvaffaqiyatli karyera uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!