https://namspi.uz/uploads/fca2f3ad877af9d73f890a8091cdf88a.jpg
Tadbirda tyutorlar Sh. Saydullayev va F. Dadaxonovlar ishtirokchilar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldilar. Ma'ruzada O‘zbekistonni ko‘p millatli yurt sifatida qadrlash, unda yashayotgan 130 dan ortiq millat vakillarining tinch-totuv hayot kechirishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
▫️Ishtirokchilarga mamlakatimizda barqarorlik, birdamlik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida erishilgan yutuqlar misollar bilan tushuntirildi. Talabalar ushbu dars davomida millatlararo totuvlikni asrash va do‘stlik qadriyatlarini yuksaltirishning muhimligini yanada chuqurroq anglab yetdilar. Tadbir yakunida talabalar o‘z fikrlarini bildirishib, mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi..