https://namspi.uz/uploads/49fbc4350e1e9a10605e9d39a07605bd.jpg
Tadbirning asosiy maqsadi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish muammolariga qaratish, korahonalarda muhandislik maktablarini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarning tadqiqotlarini tijoratlashtirish va korxonalarga tadbiq etish va fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.
▫️Uchrasuvda doktorantlarning ilmiy raxbarlari ham ishtirok etdilar va ular bilan texnika va texnologiya, iqtisodiyot, to‘qimachilik va boshqa muhim yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, muhandislik maktablarini tashkil etish orqali:
- Yangi avlod muhandislarini tayyorlashga zamin yaratish;
- Amaliy fanlarni rivojlantirish;
- Innovatsion yechimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.
Uchrashuvda ko‘tarilgan asosiy masalalar:
1. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish usullari.
2. Muhandislik maktablarini tashkil etishning o‘quv jarayonidagi roli va ahamiyati.
3. Ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari.
4. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun fan va texnologiyani uyg‘unlashtirish.
5. Innovatsion loyiha va startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.
▫️Uchrashuv yakunida doktorantlar va tadqiqotchilarning faoliyati institut rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Yigʻilish qatnashchilari muhandislik maktablari va ilm-fanni integratsiyalash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan rejalarga oid tavsiyalar ishlab chiqdilar.
▫️Mazkur uchrashuv institutning ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlarida yangi yoʻnalishlar ochib, innovatsion taraqqiyotga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, institut rahbariyati doktorantlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga va’da berdi.
▫️Doktorantlarimizga ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat va yangi cho‘qqilar tilaymiz!