https://namspi.uz/uploads/9492e9539ec6ddebe14599307bc9c2ee.jpg
▫️Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi texnikum direktorlarining ishtiroki ta’minlandi. Ular o‘z hududlarida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdilar.
▫️Shu jumladan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti ushbu farmon doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
▫️Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish: Texnikumlarda o‘quv dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
▫️Xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish: Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
▫️Kadrlar salohiyatini oshirish: Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan pedagog va mutaxassislarning malakasini oshirish, ularni zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
▫️Yig‘ilish yakunida texnikum direktorlariga farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq maslahatlar berildi.