“Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi





▫️Namangan to‘qimachilik sanoati institutida talaba qizlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf- odatlarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida bugun 8-noyabr kuni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova boshchiligida oliygohimizning talaba- qizlari ishtirokida “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi.

 


# # # # #

▫️Ular atlas, adras va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan go‘zal liboslar bilan o‘z milliyligimizni tarannum etib, o‘zbekona kiyinish san’atining o‘ziga xosligini namoyish etdilar. Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy, urf – odatlari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.