2-noyabr kuni Oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raislarining faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida respublika ishchi guruhi Namangan to‘qimachilik sanoti institutida bo‘lib o‘tdi.





  Ushbu tadbirda ishchi guruh a’zolari Zumradxon Qosimova va Tanzilaxon Majidova, talaba-qizlar odob-axloqi, ularning muammolarini hal qilishda xotin-qizlar kengashining roli va tizimli faoliyatini o‘rganish bilan birga, talabalarning ijtimoiy hayotidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratdilar.

  Talabalar turar joylarida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi. Xususan, “Lider qizlar” va “Qizlarjon” klublari kabi ijtimoiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi to‘garaklar va ularning faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Buning natijasida, talaba-qizlar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 


# # # # #

  Shuningdek, kutubxona va darsxonalarda yaratilgan qulayliklar, talabalarning o‘qish jarayonini osonlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Tadbir davomida kengashlar faoliyatining muhimligi, talaba-qizlar uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishdagi roli ta’kidlandi.

  Natijada, xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda kengashlar faoliyatining ahamiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar talaba-qizlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, ularning muammolarini yechishga yordam berish va kelajakda o‘z qobiliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida davom ettirilishi lozim.

  Ishchi guruh a`zolari Kengash faoliyatiga yuqori baho berdilar.