https://namspi.uz/uploads/a6d687c90c240db60081651e2167c596.jpg
Unda toʻqimachilik sanoatidagi dolzarb masalalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli transformatsiyaning ahamiyati muhokama qilindi. Tadbirning asosiy maqsadlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
▪️Texnologik yangiliklarni joriy etish: toʻqimachilik ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samaraliroq qilish uchun yangi texnologiyalarning imkoniyatlarini oʻrganish, bu texnologiyalar orasida raqamli boshqaruv tizimlari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar.
▪️ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti rektori professor Q.Xoliqov soʻzida, raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishning toʻqimachilik sanoatiga taʼsiri, jumladan, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi, sifat nazorati va logistika operatsiyalarini raqamli boshqarish kabi mavzularni koʻrib chiqish boʻyicha aytib oʻtdi.
▪️Xalqaro hamkorlik: Ushbu tadbir xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, turli xorijiy kompaniyalar bilan tajriba almashish imkonini yaratdi. Bu esa Namangan toʻqimachilik sanoatining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashadi.
▪️Mazkur seminar Namangan toʻqimachilik sanoati va Smartex kompaniyasi uchun nafaqat hamkorlikni kuchaytirish, balki butun Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.