https://namspi.uz/uploads/4d370df3e657d29a12de58306b4f4cdf.jpg
Har yili mamlakatimizda 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib keladi. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratish hozirgi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘tgan davrda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan to‘qimachilik sanoati Institutida bir qator chora tadbirlar tuzilgan bo‘lib, “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi, “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” hamda “Saodat sanoat serviz” ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda “Bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, Kar’yerani rivojlantirish” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Erkinov, “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” boshlig‘i B.Norinboyev, “Dizayn” kafedrasi mudiri M.Nazarova chiqib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash, o’z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lishida ishlab chiqarish korxonalari bilan bevosita aloqada bo‘lishliklarini ta’kidlab o’tdi. Korxona rahbari O.Jo‘raxanov so‘zga chiqib “Saodat sanoat servis” MCHJ ning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati, kadrlarga bo’lgan extiyoji, ichki tartib qoidalar haqida talabalarga yetkazib, bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirdi.