https://namspi.uz/uploads/07fc6bbb2239de341f043266aca4bb46.jpg
Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutining 2024-2025 oʻquv yili bitiruvchi 4-kurs talabalari uchun “Kar`yera markazi” loyihasi doirasida muhim uchrashuv oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda Sanoat muhandisligi yoʻnalishi talabalari ” NT Holding Home Textile “ korxonasining yetakchi mutaxassislari bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Uchrashuvni institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori J. Ergashev kirish soʻzi bilan ochib, bitiruvchilarga oʻz bilim va koʻnikmalarini sanoatda namoyish etish orqali institut nufuzini yanada oshirishga chorlovchi tavsiyalar berdi.
” NT Holding Home Textile “korxonasining bosh texnologi Amir Ramzan Chaundri korxona faoliyati, ish imkoniyatlari va xorijiy talabalarni institutga jalb qilish gʻoyalari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, Sanoat muhandisligi kafedrasi mudiri O. Mamatqulov bitiruvchilarga ish sharoitlari va imkoniyatlari haqida tushuncha berdi va faoliyatini sanoatda davom ettirishni istagan talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun yordam berilishini taʼkidladi.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarning professional oʻsishiga turtki boʻlib, ularning kelajakdagi faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.