https://namspi.uz/uploads/47488d44051d6e25e4908dd809f03948.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 2024-2025 o‘quv yilida bitiradigan 4-kurs talabalariga mo‘ljallangan “Kar'yera markazi” loyihasi doirasida. Uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni institutning Ilmiy va innovatsion ishlari bo‘yicha prorektori Z.Erkinov ochib, talabalar uchun olingan bilimlarni ishlab chiqarish korxonalarida namoyish etish zarurligini ta'kidladi.
“O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasi va Saodat sanoat servis MCHJ korxonasi direktori A. Mo‘minov esa talabalar bilan korxona faoliyati, ish o‘rinlari va qiziqtirgan savollari bo‘yicha muloqot qildi. Uchrashuv natijasida talabalar bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti, ish beruvchilar bilan suhbat va ishga kirish uchun zarur hujjatlar bilan tanishdilar. Talabalar bevosita ishlab turgan ishchilar bilan ham suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.