https://namspi.uz/uploads/5871c2f81d349e51f08ce882d3c1ba54.jpg
Namangan To'qimachilik Sanoati Institutida joriy etilgan 4+2 dasturi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan bo'lib, har bir ta’lim yo‘nalishi bo'yicha amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazilmoqda. Bu tizim talabalar uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi kunda ko'plab ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan kafedra filiallari o'quv jarayonini samarali tashkil etishda katta rol o'ynamoqda. Kafedra filiallari orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lab, o'z kasbiy ko'nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Masalan, To'qimachilik tolalari muhandisligi kafedrasining “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida tashkil etilgan filialida talabalar haqiqiy ishlab chiqarish muhiti bilan tanishib, o'z malakalarini oshirmoqdalar. 4+2 dasturi doirasida bu kabi kafedra filiallarida olib borilayotgan mashg'ulotlar o'qituvchilar va malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda, bu esa talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni uyg'unlashtirishda katta yordam beradi.
Ushbu dastur talabalarni ish bozoriga tayyorlashda va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ularga katta imkoniyatlar yaratmoqda.