https://namspi.uz/uploads/89bbc486652a74b0b58334b987c148ea.jpg
Mashgʻulot davomida boshqarma xodimlari talaba va tyutorlarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yongʻin sodir bo‘lgan holatda xavfsiz harakatlanish rejasi, oʻt oʻchirish jarayoni va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, talabalar ishtirokida maxsus jihozlardan foydalanish amaliyoti ham koʻrsatib berildi. Bu orqali talabalarga favqulodda vaziyatlarda qanday choralar koʻrish zarurligi yanada tushunarli tarzda yetkazildi.