https://namspi.uz/uploads/73b63c94c95c490af75fc98d52002c0d.jpg
Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.
Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi:
– So‘nggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoshlarini ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Biz ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25136