https://namspi.uz/uploads/d6a955587dbbc67a68e6fd9d350c1cef.jpg
21-oktyabr kuni, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tomonidan “To‘qimachilik sanoatda innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammolar tahlili hamda sohani rivojlantirish istiqbollari va moliyaviy barqarorlikni takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Ular tomonidan to‘qimachilik va yengil sanoat sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar, texnologik yechimlar va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Qurbonali Madaminovich Xoliqov tomonidan aytildi. To‘qimachilik sanoatidagi innovatsiyalar va ushbu sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalari haqida gapirib, bu kabi anjumanlar sohaning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvchan yondashuvlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Anjuman davomida nufuzli instituti olimlari va tashkilot muassasalaridagi mutaxassislar ishtirokida qiziqarli mavzuda ma’ruzalar qilishdi:
- T.f.d., prof. Nilufar Xanxadjaeva – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan;
- Doktor Migala – Turon universiteti, Namangan;
- Lucia Milimo Ciesler – Xalqaro kimyo universiteti “Xalqaro aloqalar” prorektori;
- Boboyev Sirojiddin Sharofidinovich – Tojikiston texnologiya universiteti Isfara filiali;
- Kochkorboyeva Chinara Turgunboyevna – Qirg‘iziston Respublikasi Osh Texnika universiteti vakili;
- Abdulayev Azm Rasulovich – Xitoyning Zhejiang Sci-Tech universitetidan;
- Dr. M. Irfan Siyal – Pokistondan;
Mazkur xalqaro anjuman doirasida to‘qimachilik sanoatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba majlislari tashkil etildi. Yalpi yig‘ilishlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy mavzular muhokama qilindi:
1. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlashda innovatsion texnologiyalar va mashina detallarini ishlab chiqarish muammolari;
2. To‘qimachilik sanoatida yigiruv jarayonida yuzaga kelayotgan texnologik muammolar;
3. Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va mahsulot sifatini baholash;
4. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda loyihaviy va moliyaviy yondashuvlar.
Tadbirda Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, shuningdek, boshqa yetakchi ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, ilmiy tadqiqot institutlari va korxonalar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida muhim fikrlar almashildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan to‘qimachilik sanoati rivoji, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ilgari surildi. Shu bilan birga, kelgusidagi hamkorlik loyihalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.