https://namspi.uz/uploads/59b4893664178cd18e229956bfceb8f0.jpg
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Namangan to'qimqchilik sanoati instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Zahroxon Umarova tashabbusi bilan "21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!" munosabati bilan talaba-qizlar o'rtasida zakovat intelektual turniri o'tkazildi.
Turnir davomida talaba-qizlar o'zbek tili borasidagi bilimlarini sinovdan o'tkazib, intelektual salohiyatlarini yanada rivojlantirishdi. Bu kabi loyihalarda boshqa talaba yoshlarni ham faollikka chorlaymiz.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:
1-o'rin: Samo jamoasi
2-o'rin: Dizayn jamoasi
3-o'rin: Estofajamoasi