Olmaliq Muhandislik Maktabiga Tashrif: Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti Rektori va Soha Vakillarining Tajriba Almashinuvi





  Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti rektori boshchiligida prorektorlar, kafedra mudirlari va soha vakillari 18-oktyabr kuni TDTUning Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi muhandislik maktablarini tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish ta’limni ishlab chiqarishga integrasiyalash orqali ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish.

 


# # # # # # # # # #

 Tashrif davomida delegatsiya vakillari Muhandislik maktabining o‘quv va amaliy jarayonlari, zamonaviy laboratoriyalari, texnologiyalar hamda texnik bazalari bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu jarayon talabalarga sanoat talablariga mos holda amaliy bilimlarni singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  Shuningdek, delegatsiya 3-mis boyitish fabrikasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, konlardan keltirilgan rudalarni qayta ishlash texnologiyalari bilan tanishdi. Ushbu jarayonlar sanoatda innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida keng tushuncha berdi.

  Natijada, Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti rahbariyati va soha vakillari o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib, kelgusi faoliyatlari uchun bir qator dolzarb vazifa va topshiriqlarni belgilab olishdi. Bu tashrif, institutda ta’lim sifatini oshirishda yangi imkoniyatlar yaratadi.