https://namspi.uz/uploads/a0435c9ba53272847e5d6daf8b8f06e7.jpg
Namangan To’qimachilik Sanoati Instituti tyutorlari K. Sotvoldiyev va Sh. Saydullayev tashabbusi bilan talabalar uchun “Kino kechasi” loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq olishlariga ko‘maklashish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Kecha davomida “Qo’rqmas” nomli kinofilm namoyish etilib, talabalarda shukronalik, tinchlikni qadrlash, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishga yordam berdi.
Tadbir so‘ngida talabalar film haqidagi ta’surotlari va xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar.