https://namspi.uz/uploads/9cb070f262832a8e37719eaceac04fd6.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti talabalari va tyutorlari bugun tarixiy Is’hoqxon To’ra maqbarasiga sayohat uyushtirdilar. Bu tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning tarixiy va ma’naviy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga o‘z milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglatishdir.
Ziyorat davomida talabalar Is’hoqxon To’raning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, xalqimiz tarixidagi bu buyuk siymo haqida ko‘plab yangi bilimlar oldilar. Tarixiy maskan hududida yoshlar ma’naviyat va tariximiz haqida o‘zaro fikr almashib, turli savollarga javob oldilar.
Tyutorlar esa ushbu safar talabalarning ma’naviy rivoji va milliy o‘zligimizni mustahkamlashda qanchalik muhim ekanini ta’kidlab, bunday tadbirlar muntazam o‘tkazib turilishini qayd etdilar.
Ushbu ziyorat, talabalar uchun tarixiy yodgorliklarga e’tibor berish va ulardan ilhomlanib, o‘z kelajagi yo‘lida yangi maqsadlar qo‘yish uchun muhim qadam bo‘ldi.