https://namspi.uz/uploads/3b50c6ddec93798b742c6d1df9968622.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori Qurbonali Madaminovich Xoliqov institutda tahsil olayotgan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida rektor doktorantlarga ilmiy izlanishlar olib borish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar va ularni yechish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdi.
Qurbonali Madaminovich ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligini, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. U ilmiy izlanishlarni yanada samarali olib borish uchun institut tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ham ma'lumot berdi.
Shuningdek, doktorantlar o‘zlarining ilmiy ishlari bo‘yicha rektorga hisobot berib, ilmiy faoliyatdagi yutuqlarini va kelgusidagi rejalari haqida gapirib o‘tishdi. Uchrashuv ilmiy izlanishlarning yanada samaradorligini oshirish va doktorantlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish masalalariga bag‘ishlandi.