"Biz bir jamoamiz" mavzusida psixologik trening bo'lib o'tdi





  Namangan to‘qimachilik sanoati institutida psixolog Rustamova Manzura tomonidan 1-kurs talabalari uchun psixologik trening tashkil etildi. Ushbu trening institut psixologining oktyabr oyi ish rejasida belgilangan "Institutning barcha fakultetlari 1-kurs talabalari bilan psixologik treninglar va davra suhbatlari tashkil etish" bandiga muvofiq amalga oshirildi. Tadbirda "Marketing" yo‘nalishi 1-kurs talaba yoshlari ishtirok etdi.

 


# # # #

  Treningning asosiy maqsadi – talabalarda sog‘lom ruhiy muhitni shakllantirish, ularning institut muhitiga moslashishiga ko‘maklashish va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

  Trening davomida talaba yoshlar jamoaviy ishlashning ahamiyati, pozitiv kayfiyat va kuchli energiya bilan to‘lganlarini ta'kidlab o‘tishdi. Bu kabi treninglar talabalarning o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda kelgusida samarali bilim olishlari uchun zamin yaratadi.