Saylov-2024: Talabalar bilan huquqiy savodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbati





  15-oktyabr kuni Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 1-, 2- va 3-kurs talabalari uchun "Saylov-2024" doirasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning birinchi prorektori J.Yuldashev va yoshlar yetakchisi A.Qurbonov ishtirok etishdi.

 


# # #

  Uchrashuv davomida talabalarga 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida ma'lumotlar berildi va saylovda ishtirok etishning ahamiyati tushuntirildi. Talabalar mamlakat kelajagini shakllantirishda o‘z ovozlari orqali bevosita ishtirok etishlari muhim ekani ta’kidlandi.

  Shu bilan birga, #men_saylovda_oilam_bilan_ishtirok_etaman chellenji haqida batafsil ma’lumot berilib, yoshlar oilalari bilan birgalikda saylovda qatnashib, bu jarayonni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

   Tadbir yakunida talabalarga siyosiy jarayonlarda faollik ko‘rsatish va huquqiy bilimlarini oshirish tavsiya etildi.