https://namspi.uz/uploads/1c744429f702219772d977c6e0ac0a2d.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutda 15-oktyabr – Butunjahon qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab "Qishloq ayollari: Hayotimizning mustahkam asoslari!" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori Qurbonali Madaminovich Xoliqov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirga AsMus Gold Mega tekstil MChJ rahbari Buranova Moxigul taklif etildi u o‘zining tadbirkorlik faoliyati talaba qizlarga va erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Shundan so‘ng institut Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova ushbu kun haqida tushunchalar berib o‘tdi. Gulobod MFY Xotin-qizlar faoli Saxobatxon Madraximova so‘zga chiqib talaba qizlarga yaratilayotgan imkoiniyatlar haqida aytib o‘tdi.
International Day of Rural Women) qishloq ayollarining qishloq xo‘jaligi, qishloq iqtisodiyoti va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalarini e’tirof etish maqsadida BMT tomonidan 2008-yildan boshlab nishonlanadi. Ushbu kun qishloq joylaridagi ayollarning mehnati va hayotidagi muammolarni yoritishga, ularning imkoniyatlarini oshirish va qashshoqlik, gender tengsizligi kabi masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Qishloq ayollari, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, oziq-ovqat ishlab chiqarish, ekotizimlarni saqlash va oilalarining farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo ko‘pincha ular ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga kirishishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bu kunni nishonlash orqali qishloq ayollarining iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi roli va ahamiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishga chaqiriladi.