NamTSIda korrupsiyaga qarshi davra suhbati: 1-kurs talabalari ishtirokida





    Bugun Namangan to‘qimachilik sanoati institutida dizayn ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-kurs 2a-24 guruh talabalari uchun korrupsiya tushunchasi, shakllari va sabablari hamda jamiyatda unga bo‘lgan munosabat mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

   Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunda dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi. Korrupsiya xavfi va uning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish zarurligi qayd etilib, institut xodimi yoki talabasi nomiga dog‘ tushirmaslik, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, zimmasidagi vazifalarni halollik va mas’uliyat bilan bajarish lozimligi xususida talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov batafsil ma'lumot berildi.

   


# # # # # # #

Shuningdek, yig‘ilishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo‘rlik va tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda jazo muqarrarligi ham har bir shaxs bilishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu davra suhbati talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni korrupsion xavflardan ogohlantirishga qaratildi.