Namangan toʻqimachilik sanoati institutida kechki taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 1-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.





   Ushbu tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimining bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov, institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Adhamjon Qurbonov hamda fakultet dekani Shuxratjon Imomqulovlar ishtirok etishdi.

 


# # # # # # #

Muloqot davomida korrupsiya bugungi kunda dunyoda jiddiy muammo ekanligi, uning ijtimoiy hayotga ta’siri hamda bu illatga qarshi kurashda yoshlarning mas’uliyati haqida so’z yuritildi. Talabalarga korrupsion holatlar yuzaga kelgan taqdirda qanday yoʻl tutishlari kerakligi batafsil tushuntirildi. Ular anonim tarzda murojaatlarini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkinligi alohida taʼkidlab oʻtildi.