https://namspi.uz/uploads/3f04a8c5237722bb767770dda064d4e3.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutga yaqin hududlardagi ijara xonadonlarining sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Instituti rektori tashkil etilgan ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va kerakli takliflarni bildirdi. Davlatobod tumani Gulbog' MFYda aniqlangan 5 ta ijara manzillarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijara narxlari va xavfsizlik choralari o‘rganildi.
Ijara xonadonlari jami 450 o‘ringa ega bo‘lib, shundan 300 o‘rin qizlar uchun, 150 o‘rin yigitlar uchun mo‘ljallangan. Sharoitlar orasida videokuzatuv kameralari, alohida yuvinish va ovqatlanish, dars tayyorlash xonalari, va jamoat transporti mavjud.