Dizayn kafedrasi bilan hamkor korxona o'rtasida kafedra filialini tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi.





   Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori boshchiligida Dizayn kafedrasi bilan "Saodat sanoat servis" korxonasi o'rtasida kafedra filialini tashkil etildi va memorandum imzolandi. Unga ko'ra "4+2" dasturi , ilmiy amaliy ishlar,mahsulotlar turini kengaytirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ko'zda tutilgan.

   4+2 dasturi asosida talabalar korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etib, o'z bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar. Bu hamkorlik kadrlarning raqobatbardoshligini oshirishda va ularning yuqori malakali mutaxassislar bo'lib yetishishida katta ahamiyatga ega.

 


# # # # # # # # # #

 Korxona rahbari A. Mo'minov tomonidan korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish tashkil etildi. U korxona va institut o'rtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishini ta'kidladi. Ushbu hamkorlik natijasida talabalarning nazariy bilimlari amaliyotda sinovdan o'tadi.

   Kafedra filiali ochilishi talabalarga nazariy bilimlarini ishlab chiqarishda amaliyotga qo'llash, o'quv jarayonida ishtirok etish, shuningdek, kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish imonini beradi korxonalar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi. Bu esa, kelajakda yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.