https://namspi.uz/uploads/777003ff1d70b600e39843b23b93d005.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida talabalar turar joyi qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda va navbatdagi muhim bosqichga qadam qo‘ydi. Institut rektori, professor Qurbanali Xoliqov qurilish jarayonlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi va ishlar bilan tanishdi.
Rektor Qurbanali Xoliqovning ta’kidlashicha, yangi talabalar turar joyi binosi talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va ularning o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida barpo etilmoqda. Ushbu loyiha institutning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, talabalar uchun zamonaviy va qulay yashash muhitini ta’minlashga qaratilgan.
Qurilish ishlari davomida zamonaviy qurilish texnologiyalari va yuqori sifatli materiallardan foydalanilmoqda. Bu esa binoning tez va sifatli qurilishini ta’minlab, talabalar turar joyining ishonchliligini oshiradi.
Rektor Qurbonali Xoliqov, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning o‘quv jarayoniga qulaylik yaratish institutning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi. Ushbu yangi talabalar turar joyi binosi, talabalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratib, ularning ta’lim olish jarayonini yanada samarali va qulay qiladi.
Bu kabi yirik loyihalar orqali institut, nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki talabalarning umumiy hayot sifatini ham yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlarni amalga oshirmoqda. Talabalar turar joyi qurilishining tez va sifatli olib borilishi, institutning talabalarga bo‘lgan e’tiborining yorqin namunasidir.