https://namspi.uz/uploads/30482ad2e0bfe5fedd03449ea1bf573c.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Qurbonali Madaminovich Xoliqov boshchiligida 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkor korxonalarda tashkil etilgan kafedra filiallari va “Ilg‘or To‘qimachilik Muhandisligi Maktabi”ning faoliyati ko'zdan kechirildi.
Jarayonalar davomida rektorimiz boshchiligida institut vakillari to‘qimachilik sohasidagi yetakchi korxonalar – “NT Holding” “To‘qimachilik Sanoati Mahsulotlari Texnologiyasi” kafedrasining filiallarini yaqindan o‘rganishdi. Bu filiallarda yuqori kurs talabalari uchun “4+2” modeli bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etilgan bo‘lib, talabalar nazariya va amaliyotni bir vaqtda o‘rganish imkoniga ega. Shuningdek, “Ilg‘or To‘qimachilik Muhandisligi Maktabi”da yuqor malakali muxasdislarni tayyorlash va ilmiy xodimlarning tadqiqotlarini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining fan dasturlarini ishlab chiqishda ushbu korxonalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan asos sifatida foydalanish belgilandi. Korxonalarning yetakchi mutaxassislarini fikr-mulohazalarini o‘rganish va ularning tajribalaridan foydalanish ham muhim vazifa sifatida aniqlab olindi. Bu talabalarimizning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga xizmat qiladi.
Korxonalarda tashkil etiladigan ta’lim jarayoniga mazkur korxonalarning yetakchi mutaxassislarini jalb etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallashadi, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga katta yordam beradi.
Ushbu tashabbuslarning barchasi, talabalarimizning kelajakda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini ta’minlashga qaratilgan. Korxonalar bilan bunday yaqin hamkorlik, institutimizning ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshiradi va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.