https://namspi.uz/uploads/763a8980b8009fa25f78a3aae6585274.jpg
institut hududida davlat-xususiy sheriklik DXSH asosida qad rostlayotgan 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu talabalar turar joyi binosi, talabalar uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida bunyod etilmoqda. Qurilish jarayonida zamonaviy arxitektura va qurilish texnologiyalari qo'llanilmoqda, bu esa binoning sifatli va uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.
Professor Qurbanali Xoliqov va Haydarov Abdugʻaffor Majidovich qurilish ishlarining borishi, qurilish materiallarining sifati va ishchi-xodimlarning faoliyatini yaqindan kuzatib, ularning mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Shuningdek, ular qurilish maydonchasida mavjud infratuzilma, kommunikatsiyalar va xavfsizlik choralari haqida ham to'liq ma'lumot olishdi. Qurilish jarayonining belgilangan muddatda va sifatli bajarilishi uchun zarur choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Instituti rektori ushbu talabalar turar joyi binosi bitkazilgach, institut talabalari uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlari yaratilib, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatlari uchun yanada keng imkoniyatlar paydo bo‘lishini bildirdi.