NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI YANGI MARRALAR SARI ODIMLAMOQDA





Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlagan davrdanoq Turkiyadagi qator universitet va olimlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida turkiyalik Professor Nurilloh Samroo 2023-2024 o‘quv yilida institutda faoliyat olib bordi. 2023- yilning noyabr oyida institut o‘qituvchisi, PhD. Abror Xomidjanov Ege universitetida bir oylik stajirovkada bo‘lib qaytgan.

 


#

2024 -da esa yil institut prorektori Zokirjon Erkinov Izmir shahridagi Ege universiteti (TOP-1000)da, Anqara shahridagi Karabuk universiteti (TOP-1000)da, O‘rta yer texnika universiteti (TOP-300) va Gazi universitetlarida bo‘lib, universitet moddiy-texnika bazasi va sharoitlar bilan tanishgan hamda tegishli yo‘nalishlarda hamkorlik borasida kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.

  Turkiya OTMlari va texnoparklari bilan hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnika bazasi hamda texnoparklar faoliyatini o‘rganish maqsadida joriy yilning 8-14 iyul kunlari institut rektori Qurbonali Xoliqov viloyat hokimligi  delegatsiyasi bilan Turkiya davlatining Istambul, Denezli va Anqara shahridagi bir qator OTMlar, sanoat zonalari va u yerdagi OTMlarning texnoparklarida bo‘ladilar.

Tashrif davomida 3ta texnopark va 2ta universitet bilan anglashuv memorandumlari imzolash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida, ayniqsa ilg‘or to‘qimachililik muhandisligi maktabi faoliyatini kuchaytirish, malakali kadr, professorlarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga taklif etish masalasi ko‘zda tutilgan.