https://namspi.uz/uploads/c6e0a7e62a78c22a803511062fe2ef22.jpg
Namangan to’qimachilik sanoati instituti To’qimachilik mashinalari fakulteti bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Attestatsiya jarayonida Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdullajon Usmonov va boshqa mas'ul vakillar ishtirok etdilar. Ular jarayon boshlanishidan avval yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini to‘g‘ri tushunchalar bilan atroflicha tushuntirdilar.
Attestatsiya jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishni ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan murojaatlar, nazorat va monitoring bo‘limi xodimlari tomonidan kuchli nazorat qilindi. Mas’ullar onlayn ijtimoiy tarmoqlarda imtihon to‘g‘risida translyatsiya qilib, jarayonlarni samarali va aniq o‘tkazishdi.