“Butunjahon yoshlar festivali” “Oʻzbekiston — Yaponiya Yoshlar Forumi” boʻlib oʻtdi.





Mazkur forum Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, hamda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazildi.


# # # # # # # #

Forumda 30 ga yaqin xorijiy va 50 dan ortiq mahalliy mehmonlar shuningdek vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etdi. Unda har ikki davlatning yetakchi yosh olimlari va mutaxassislarining maʼruzalari tinglanadi, taʼlim, fan va texnologiya sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi va ishtirokchilar oʻz ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Quvonarlisi unda institutning to’qimachilik texnologiyalari fakulteti talabasi Dilnoza Nabiyeva ham qatnashdi va o’zi uchun muhim bilimlarga ega bo’lib qaytdi.