"Ilmiy-texnik axborot markazi “Ilmmetriyani rivojlantirish"





Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Ilmiy-texnik axborot markazi “Ilmmetriyani rivojlantirish" boʻlimi boshligʻi Diana Abdumuminova Namangan to'qimachilik sanoati institutida o’tkazilgan "Xalqaro maʼlumotlar bazalari bilan samarali ishlash jarayoni" mavzusida ilmiy seminarda ishtirok etdi.


# # # # # # # #

Unda “Clarivate” kompaniyasining katta strategik maslahatchisi Irina Tixankova O'zbekistonda olimlar uchun grantlar tanlash, “Web of Science Core Collection” jurnallarini tanlash mezonlari va tartibi,
ilmiy ma'lumotlarni qidirish va tahlil qilish uchun "Web of Science" platformasi, nashr uchun hamkorlik va jurnallar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, institutdagi professor-o’qituvchilarning ilmiy maqolalarini keng yoritish, tajribalari bilan bo’lishish masalalari muhokama etildi.