Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga va magistratura mutaxassislik qabul jarayonlarining tashkil etilishiga bag‘ishlab birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.





Unda institut rektori, qabul komissiyasi raisi Qurbanali Xoliqov, qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari, mas’ul kotib Jamoliddin Ergashev hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Davlatimiz rahbarining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat granti ajratish mexanizmlarini takomillashtirish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024-yildagi PF-81-son farmoni asosida 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlarini tashkil etish borasida qabul komissiyasi ishini tuzish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


# # # # #

Yig'ilish davomida, qator topshiriqlar ijrosini ta'minlash kerak ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov ham qabul jarayonlarida shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga alohida e'tibor qaratish kerakligini ta'kidladi.