https://namspi.uz/uploads/542d7c1814d151e991223e027afa2123.jpg
Unda vakant lavozimlar uchun professor-o‘qituvchilarning tanlovini o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili, kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning ilmiy jurnallarda chiqishlarini ko‘paytirish, bakalavr bosqichi talabalarining 2023-2024-o‘quv yilidagi bitiruv malakaviy ishlarining holati, instituti o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalarining muhokamasi, doktoranturaga kvotalarni shakllantirish, faol talabalarni rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Har bitta yo‘nalish bo‘yicha qilingan ishlar tahlil etilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yangi o‘quv yili uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammo va kamchiliklarni joyida hal etish, instituti imijini yanada oshirish uchun qilinayotgan ijobiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan rejalar belgilab olindi.