TADQIQOTCHI O‘ZI YARATGAN TOZALOV VOSITASI ORQASIDAN 1200 AQSH DOLLARI MIQDORIDA DAROMAD TOPDI





Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tadqiqotchisi Adham Hamroyev tarkibi kristall soda, polivinil, atsetat, organik kislotalardan tashkil topgan tozalov vositasini yaratdi.


# # #

Yosh tadqiqotchi buni ayollar uchun qulay va samarali ekanini ta’kidlab, uydagi barcha jihozlarni tozalashda foydalanish mumkinligini aytadi. Ahamiyatli jihati, mazkur tozalov vositasini sotish orqali 10 kun ichida 1200 AQSH dollari miqdorida daromad topishga erishdi. Endilikda mahsulot butun O‘zbekiston bo‘ylab “Merci” brendi ostida sotuvga chiqarilgan. Namangan to‘qimachilik sanoati instituti mahsuloti “Merci” barcha xonadonlarning ozodaligi uchun.