NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI PROREKTORI O‘ZI O‘QIGAN MAKTABGA 150 TA KITOB SOVG‘A QILDI





Barcha ta’lim maskanlarida yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq yangi hayot ostonasiga minglab o‘quvchilarni kuzatdi. Endi ular yanada baland, yanada yuksak marralar sari odimlash uchun uchirma bo‘ldilar. Namangan to‘qimachilik sanoati institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zokirjon Erkinov o‘zi tahsil olgan Uychi tumanidagi 9- umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida qatnashdi.


# # # # # #

Umumta’lim maskanida 78 nafar o‘quvchi-yoshlar 11- sinfni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga kirishga shay turibdilar. Kechada so‘z olgan Zokirjon Erkinov ilm muassasasidagi barcha o‘g‘il-qizlarni tabriklab, ularning istiqboldagi yutuqlari sari ruhlantirdi. Shuningdek, kelajak avlodga munosib esdalik sifatida 50 nomdagi 150 dona o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara durdona asarlarini taqdim etdi. Chuqur bilim egasi, harakat va izlanishdan charchamaydigan ta’lim maskani prorektoriga havas ko‘zi bilan boqqan o‘quvchilarning 20 nafardan ziyodi aynan Namangan to‘qimachilik sanoatida o‘qish maqsadini o‘z oldlilariga qo‘ydilar.