https://namspi.uz/uploads/0f45d6f5f89e795dfe5406e4b7ee3225.jpg
Namangan to'qimachilik sanoati institutida faolligi, tashabbuskorligi, salohiyati va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan 200 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlarning ota-onalariga minnatdorchilik xatlari tarqatildi.
Ta’lim dargohining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Abdurashid Jo‘raboyev hamda fakultet dekanlari ishtirokida har bir intiluvchan talabaning ota-onasiga alohida tashakkur bildirildi. Bugungi kunga qadar o‘z ustida ishlab kelayotgan istiqboldagi yosh mutaxassislar aynan mana shu oliy ta’lim dargohini tanlab adashmaganliklarini ta’kidlashdi. Minnatdorchilik xatlari ota-onalarga yetkazilishi ta’kidlandi. Har bir talaba bundan-da yaxshiroq o‘qishga, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga, pirovardida Namanganning eng zo‘r kadrlari bo‘lib yetishishga va’da berdilar. Minnatdorchilik xatlari yuborish barcha fakultet hamda kafedralarda davom etmoqda.