FAN DOKTORLARI SAFI KENGAYMOQDA





Namangan to‘qimachilik sanoati instituti doktoranti Sherzod Qorabayevning "Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ipning shakllanish jarayonlari nazariyasi va amaliyoti" mavzusida 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.


# # # # # # #

Ilmiy kengash DSc uchun bir marotabali tuzilgan bo‘lib, soha bo‘yicha mamlakat bo‘ylab yetakchi olimlarni jamladi.
Dissertatsiya tadqiqoti qiziqarli, foydali va jamiyat uchun muhim ekani alohida e’tirof etildi.
Yakuniy hulosaga ko‘ra, ilmiy Kengash a’zolari mazkur tadqiqotni qo‘llab -quvvatladilar va OAKdan ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.