Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarining zamonaviy dizaynlarini yaratishda konseptual tahlillar, innovatsion yechim” shiori ostida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.





Unda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonning texnika oliygohlari qolaversa, institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.To‘qimachilik dizayni fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlarning “Atirgul”, “Orol”, “Muhabbat tarovati” kabi


# # # # # # #

mavzulardagi zamonaviy-milliy ruhdagi to‘plamlari bilan o`tkazilgan konferensiya bugunning muammo va yutuqlarini o‘zida aks ettirdi, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida yangicha ko‘rinishlarni yaratish, unga zamon  bilan hamnafas bo‘lgan innovatsiyalarni joriy etish, pirovardida mazkur  mahsulotlar  zamon va makon tanlamaydigan, xalqaro standartlarga to‘la mos kelishi kabi mavzularlar muhokama etildi.Tizimdagi islohotlarni amaliyotda qo‘llash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.