https://namspi.uz/uploads/65e06b765a32bb147e3ef57a2ec4ada7.jpg
Yig'ilishda institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo'limlarda faoliyat olib borayotgan mas'ullar ishtirok etishdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Yangi O‘zbekiston gazetasida chop etilgan “Shu sohada ishlayapsizmi, uning ichida chin yurakdan yashash kerak” sarlavhali maqolasida ko'ratilgan va oliy ta'lim tizimi oldida turgan muxim vazifalar tahlil qilindi.
Maqolada ko'rsatib o'tilgan yettita ustuvor yo'nalishlar bo'yicha Namangan to'qimachilik sanoati institutida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ish faoliyati samaradroligini oshirish, ta'lim sifatini ko'tarish, talabalarning kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish jarayonlarini optimallashtirish, ishlab chiqarish korxonalariga malakali kadrlar tayyorlash kabi yo'nalishlarda mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI