https://namspi.uz/uploads/5d3c827d79358b923cc62cbf3e3dd53c.jpg
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda (https://t.me/eduuz/19484) kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 5 fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga kadastr yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari huzurida kadastr mutaxassislarini malakasini oshirish va ularni sertifikatlash bo‘yicha markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur oliy ta’lim muassasalarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarini markazlarda sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida imtihonlarni bevosita markaz xodimlari ishtirokida tashkil etish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
#vazir #ishberuvchi #hamkorlik #talaba_bandligi