https://namspi.uz/uploads/ba03f349099c90a07a610b7f68b95140.jpg
Bugun Namangan toʻqimachilik sanoati institutida Davlatobod tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimiga qarashli 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun institutda ochiq eshiklar kuni loyihasi tashkil etildi
Loyiha davomida institut vakillari tomonidan institutdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, oʻquv jarayonlarni 4+2 va kredit-modul tizimlari asosida tashkil etilishi, dual taʼlim tizimi asosida taʼlim berish jarayonlari, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy jarayonlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Ayniqsa institutda talabalar uchun axborot resurs markazi, dizayn studiyasi, toʻqimachilik sexi va IT-markazlarda eng soʻngi zamonaviy jihozlar bilan yaratilgan shart-sharoitlar bitiruvchi sinf oʻquvchilarida katta taʼsirot qoldirdi.
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI