https://namspi.uz/uploads/cc1d5175278d335d511e39624fe9cd3a.jpg
Ilmiy kengashni institut rektori Qurbanali Madaminovich Xoliqov ochib bergan holda kun tartibidagi masalalar bilan kengash aʼzolarini tanishtirib oʻtdi.
Ilmiy kengash kun tartibida institutimizning 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi rejasini tasdiqlash, institutda oʻquv ishlarini yanada yaxshilash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilgan ishlar, institutda 2023-2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan Davlat Attestatsiyalari natijalari va 2024-2025 oʻquv yilida DAK faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari, amaliy reytingda oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1000 talikga kirgan xorijiy taʼlim muassasalari dasturi asosida taʼlim dasturlarini shakllantirish hamda professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan oʻquv qoʻllanmalarning muhokamasi, ularning ilmiy lavozimlarga oʻtkazish toʻgʻrisida va turli ish rejalarini tasdiqlash kabi masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Ilmiy kengash davomida kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha masʼul boʻlgan xodimlarning taqdimot va hisobotlari tinglanib tahlil qilindi. Kengash yakunida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedralardagi professor-oʻqituvchilarga sohalar boʻyicha topshiriq va vazifalar yuklatildi.
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI
NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari