XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI





Boʻlim boshligʻi

Toʻraboyev Ahadjon

Tel.:+9989 90 130 0051

 Email: akhadjon.turabayev@gmail.com

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari quyidagicha:

 – Xorijiy universitetlar, ta’lim tashkilotlari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini shakllantirish   va rivojlantirish, yangi hamkorlarni izlash, uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etish, hamkorlik shartnomalarini tuzish;

– Xalqaro akademik, ilmiy va texnik almashinuv dasturlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash.

– Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun amaliyot va almashinuvlarni tashkil etish, shuningdek, xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

– Institutni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish. Xalqaro ta’lim ko‘rgazmalari va konferensiyalarida ishtirok etish, xorijiy OAVda universitet nomini taqdim etish, shuningdek, universitet haqida xorijiy tillarda ma’lumotlarni tarqatish;

– Institutning xalqaro faoliyati holatini nazorat qilish va monitoring qilish.

– Institut kafedralariga xalqaro hamkorlik sohasida maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish. Bu seminarlar va treninglar o‘tkazish, shuningdek, Institut xodimlariga individual yordam ko‘rsatish;

– Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha hujjat aylanishini yuritish. Xalqaro dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi.

– Institut ta’lim jarayonlari xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

– Chet ellik talabalar va ilmiy tadqiqotchilarni jalb qilish.

– Xalqaro yozgi maktablar va til kurslarini tashkil etish.

– Xalqaro konferensiya va seminarlarni tayyorlash va o‘tkazish.

XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI