To‘qimachilik tolalari muhandisligi





Sharipov Xayrullo Nu’manjanovich
Texnika fanlari bo’yichaa falsafa doktori, dotsent

Telefon: +998 94 561 12 28

Faks:      +998 69 232 98 82

E-Mail: sharipovxayrullo60@gmail.com

Kafedra a’zolari

  • Muradov Rustam t.f.d., Professor
  • Nurullah Soomro- Professor
  • Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich- t.f.d., Professor
  • Tojiboyev Muxammadjon Axmadjonovich -t.f.n., dotsent
  • Azimov Samad Solijanovich -t.f.n.,dotsent
  • Tursunov Ibrohim Turg’unovich - PhD, dotsent
  • Abduraximov Komiljon Karimovich- PhD, katta o’qituvchi
  • Turg’unov Dilmurod Umarali o’g’li - PhD, katta o’qituvchi
  • Isayev Shahboz Shavkatjanovich - PhD, katta o’qituvchi
  • Raximov Fayzullo Xusanboy o’g’li- assistant PhD
  • Muxsinov Ibrohim Ismoiljon o`g`li - katta o’qituvchi
  • Jo’rayev Usmonjon Ikramovich – katta o’qituvchi
  • To’xtayev Sherzod Solijanovich - assistent
  • Sultonov Otabek Saxobiddin o`g`li - assistent
  • Inamova Maftuna Dedamirza qizi - assistent
  • Karimov Muxammadbobur Abdulboqi o’g’li -assistent
  • Nasriddinova Zohida Rustamali qizi - assistent
  • Xoshimov O’tkir Xakimjon o’g’li - assistent
  • Adashboyev Davron Abdumajit o’g’li - assistent
  • Madiyarov Oqiljon G’ofirjon o’g’li - kabinet mudiri
  • Mahmudova Yulduzxon Kutbiddin qizi -laborant

«Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi» mutaxassislik kafedrasi bo‘lib 2013 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Kafedrada quyidagi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha kadr tayyorlanadi:

Bakalavriat:

-  5321200 – “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi”,

- 60721300–“Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi”,

Magistratura:

  • 70721301 – “Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi”
  • 70720711– “Paxta sanoati mashinalari va jihozlari”
  • 70721302- “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” (turlari bo’yicha)

Shuningdek, kafedrada:

 05.06.02 – To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo’yicha doktorantura va  tayanch doktoranturalar faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedraga asos solinganidan buyon u kengaydi, ilmiy salohiyati o’sdi, moddiy-texnika bazasi yuksaldi. Yangi fan kabinetlari va ilmiy laboratoriya tashkil qilindi. Zamonaviy o‘quv-texnika vositalari, nazorat-o’lchov asbob-uskunalari va laboratoriya qurilmalari bilan jihozlandi.

 Hozirga kelib, kafedra professor-o‘qituvchilari 24- nafarni tashkil qiladi, ulardan 3 nafari fan doktori, professor, 8 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar.

 Kafedra Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashga ixtisоslashgan bo`lib, umummutaxassislik va mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg’ulоtlari оlib bоradi.

 Mutaxassislik fanlarini o`qitishni yo`lga qo`yish, diplоm lоyihalarini tashkil etish va uni bajarishda prоfessоr-o’qituvchilar Nurulloh Soomro, Muradov R.M., Sarimsakov O.Sh., dоtsent Tojiboyev M.A. va bоshqalar tomonidan talabalarga katta amaliy yordam ko`rsatilmoqda.

 2013-2018 yilgacha kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsenti Tojiboyev Maxammadjon Axmatjanovich, 2018-2023 yilgacha  kafedrani texnika fanlari doktori, professor Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich boshqarib keldilar .

2023-yil sentyabr oyidan noyabr oyigacha texnika fanlari doktori, professor Muradov Rustam boshqardilar.

Hozirda Sharipov Xayrullo kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.