Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi





Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligi:

Norinboyev Baxromjon G‘anijonovich

email: marketing@ntsi.uz, norinboyev@gmail.com

Telefon: 998695670

Telegram:

Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi NTSIning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish, qabul parametrlariga takliflarni iste'molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish toʻgʻrisidagi oliy ta'lim muassasasining ma'lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni oʻz vaqtida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etib borish.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul toʻgʻrisida" 2005yil 2-iyundagi PQ-92-son, “Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son hamda “Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorlari asosida ishlab chiqildi.
  2. Institutning Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi (keyingi o‘rinlarda - Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ta'lim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash borasidagi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ta'lim buyruqlari asosida faoliyat yuritadi.

2-bob. Bo‘limning maqsad va vazifalari

  1. Institutda tayyorlanayotgan oliy ma'lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma'lumotlar ba'zasini shakllantirish.
  2. Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutahassisliklari boʻyicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta'lim xizmatlari iste'molchilari ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo'lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali toʻliq ma'lumotlar bankini yaratish.
  3. Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta'lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada oliy ta'lim muassasasining tegishli boʻlimlari bilan hamkorlik qilish.
  4. Institutda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
  5. Institut bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
  6. Ta'lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real "buyurtmalar portfeli"ni shakllantirish.
  7. Institut joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy ta'lim muassasasi faoliyatini yo'naltirish.
  8. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha raqobatli ta'lim xizmatlarining paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xizmatlar bozori konyukturasining oʻzgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo'nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
  9. Institutda marketing xizmati jarayonlarining tez oʻzgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan oʻzaro bog'liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste'molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma'lumotli yosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hududlar boʻyicha oʻrganish.
  10. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
  11. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik va aloqa oʻrnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma'muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganib borish.
  12. Institutda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va ta'lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  13. Yosh mutaxassislardan kadrlar iste'molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko'maklashish.
  14. Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini oliy ta'lim muassasasi kengashida muhokama qilish.
  15. Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste'molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta'minlash.
  16. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin boʻlgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko'maklashish.
  17. Belgilangan muddatlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining joriy yildagi bitiruvchilari toʻgʻrisida ta'lim yo'nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yoʻllanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma'lumotlarni taqdim etib borish.
  18. Mehnat bozori konyunkturasini oʻrganish, qabul parametrlariga takliflarni iste'molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo'naltirish toʻgʻrisidagi oliy ta'lim muassasasining ma'lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni oʻz vaqtida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etib borish.
  19. Bitiruvchilarni iste'molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis toʻgʻrisidagi tavsiya va takliflarini e'tiborga olgan holda taqsimlash.
  20. Talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda shartnomalar imzolash.
  21. Talabalar amaliyotini ta'lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta'minlash.
  22. Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib oliy ta'lim muassasasi rahbariyatiga taqdim etib borish.
  23. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo'yicha ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni oʻrganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
  24. Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma'lumotlar tayyorlash.
  25. Ta'lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3-bob. Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta'minlanishi

  1. Boʻlim xodimlarining soni oliy ta'lim muassasalarining namunaviy shtatlari asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining shtat jadvali belgilangan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Boʻlim xodimlarining ish haqi (razryad)lari oliy ta'lim muassasasi uchun belgilangan lavozimlar miqdorida tasdiqlanadi va boʻlimning ish natijalariga koʻra,

4-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish

  1. Boʻlim toʻgʻridan-toʻgʻri oliy ta'lim muassasasi rektori (filial direktori)ga bo'ysunadi.
  2. Boʻlim o‘z faoliyati natijalari boʻyicha oliy ta'lim muassasasi Kengashida har yili kamida bir marta hisobot beradi.
  3. Boʻlim tegishli ma'lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
  4. Boʻlim faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va oʻrnatilgan tartibda nazorat qilinadi.

5-bob. Yakunlovchi qoida

  1. Bo‘lim faoliyatini tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.